Toliblar hukumat armiyasi bilan koronavirusga qarshi kurashda birlashdi

Afg‘onistondagi qarama-qarshi tomonlar umumiy dushmanga qarshi kurashda o‘rtadagi adovatga chek qo‘yishga majbur bo‘layotgan ko‘rinadi
Sputnik

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toliblar Afg‘oniston armiyasi ortidan koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan faol kampaniyani boshlab yubordi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.

Grozin Pompeoni Qobulga tashrifi haqida: AQSh obro‘ni saqlab, Afg‘onistondan qochib qolmoqchi

Xabarda aytilishicha, "Tolibon"*ga bo‘ysunuvchi hududlarda jangarilar tinch aholiga koronavirusga qanday qarshi turish bo‘yicha maslahatlar berilgan varaqalar tarqatishmoqda.

Toliblar, shuningdek, odamlarga sovun va tibbiyot niqoblarini ham tarqatmoqdalar.

Jangarilar vakili so‘zlariga ko‘ra, hozirda "Tolibon" uyushmasi alohida diagnostika va davolash markazlarini tashkil etish va ishga tushirish maqsadida fondga mablag‘lar ajratish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Bundan tashqari, toliblar, xalqaro tashkilotlarni ham koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikka chorlaganlar.

Shuni ta’kidlash joizki, 24-mart sanasidan buyon toliblar hech qanday jangovar yoki tajovuzkor harakatlarni amalga oshirgani yo‘q. Kim bilsin, Afg‘onistondagi tinchlik kelishuvi masalasida AQSh emas, balki koronavirus yordam berar.

Ilgariroq, Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Ferozuddin Feroz koronavirus tarqalishi oqibatida mamlakatda 110 mingga yaqin kishi halok bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot bergan.

Afg‘onistonda 27-mart kuniga qadar koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 94ta holat aniqlangan.

*Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.