Rossiya koronavirus tufayli o‘z chegarasini yopmoqda

Ushbu ta’qiq mamlakatdan chiqib ketayotgan diplomatlar va ularning oila a’zolari, feldyegerlar va diplomatik aloqalar kuryerlari, shuningdek rasmiy delegatsiyalar a’zolariga joriy etilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya chegarasidan harakatni cheklashni buyurdi. Tegishli hujjat hukumat saytida e’lon qilingan.

Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

Gap avtomobil, temiryo‘l, piyoda, daryo va chegaralarda joylashgan aralash punktlar, shuningdek, Rossiya-Belarus davlat chegarasidagi quruqlikdagi hudud haqida bormoqda.

Ushbu ta’qiq mamlakatdan chiqib ketayotgan diplomatlar va ularning oila a’zolari, feldyegerlar va diplomatik aloqalar kuryerlari, shuningdek rasmiy delegatsiyalar a’zolariga joriy etilmaydi.

Xalqaro qatnovlarni amalga oshiruvchi yuk avtomobillari haydovchilari, daryo kemalari ekipaj a’zolari, xalqaro temiryo‘l qatnovining poyezd va lokomotiv brigadalari Rossiya chegaralarini kesib o‘tishda davom etaveradi.

Bundan tashqari, yaqin qarindoshi vafoti tufayli chegarani kesib o‘tayotgan, Rossiyaning asosiy qismiga yoki aksincha harakatlanayotgan Kaliningrad viloyati aholisi, shuningdek, Donesk va Lugansk xalq respublikalarida doimiy istiqomat qiluvchi Rossiya fuqarolariga ushbu ta’qiqlar joriy etilmaydi.

Mushketorlar qonuni bo‘yicha: "Katta yigirmatalik" nega to‘plandi?

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 510 mingdan ziyod kishi ushbu virusni yuqtirgan, 23,5 ming kishi vafot etgan.

Rossiyada koronavirusga chalinganlik bo‘yicha 1264 holat qayd etilgan (shulardan 817 nafari Moskvada), 49 kishi sog‘aygan, to‘rt nafari vafot etgan.

Barcha regionlarda yuqori tayyorgarlik holati amal qilmoqda. 30-mart kunidan 5-aprelgacha bo‘lgan muddatda dam olish haftaligi e’lon qilingan, ommaviy tadbirlar ta’qiqlangan, savdo-ko‘ngilochar va madaniy-hordiq muassasalari yopilmoqda, 65 yoshdan katta kishilarga uydan chiqmaslik tavsiya etilgan. 27-mart kunidan Rossiya barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, ammo bu ta’qiq chet eldan qaytarilayotgan rossiyaliklarga joriy etilmaydi. Shuningdek, chegaradan poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.