Xitoyliklar yevropaliklarning koronavirusga qarshi kurashdagi xatolariga ishora qildi

Bu juda oddiy tuyulishi mumkin, ammo epidemiya boshlanishida eng samarali chora bu profilaktika, ya’ni yuqtirganlarni aniqlash va ular bilan aloqada bo‘lganlarning barchasini o‘z vaqtida izolyatsiya qilishdir
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Virus chegara bilmaydi va hech bir davlat chetda qolmaydi, shuning uchun qo‘l qovushtirib o‘tirish mumkin emas, deya takrorlashmoqda Xitoyda. Ushbu davlat tomonidan ko‘rilgan choralar samaradorliligini isbotladi. U yerda vaziyat asta-sekin normallashmoqda. RIA Novosti xitoylik olim va shifokorlarga murojaat qilib, ulardan pandemiyaga qarshi asosiy tavsiyalari va yo‘l qo‘yilgan xatolar borasida fikrlarini so‘radi.

Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

Bu juda oddiy tuyulishi mumkin, ammo epidemiya boshlanishida eng samarali chora bu profilaktika, ya’ni yuqtirganlarni aniqlash va ular bilan aloqada bo‘lganlarning barchasini o‘z vaqtida izolyatsiya qilishdir, - deb tushuntiradi XXR Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi oliy ekspert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan. Ammo koronavirus pnevmoniyasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchi alomatlar namoyon bo‘lgunga qadar infeksiyaga chalingan odam virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Buni oldindan bilish qiyin, shu bois aloqada bo‘lganlarning barchasini tekshirish muhim.

"Ayrim mamlakatlarning faqat kasallanganlardan analiz olish yondoshuvini qo‘llab-quvvatlamayman, chunki bunda yashirin infeksiya holatlarini qo‘ldan chiqarish mumkin. Barcha chet eldan keladiganlarni nuklein kislotalariga tekshirish kerak va test namunalarini tomoqdan emas, balki burundan olgan yaxshiroqdir", - deydi Chjun Nanshan.

Koronavirus pnevmoniyasi yuqori darajadagi infeksiyalanish va o‘lim holati bilan ajralib turadi. Akademik ogohlantiradi: omon qolganlarda virusga umrbod orttirilgan immunitet hosil bo‘lishi haqida hech qanday dalil yo‘q, shuning uchun keyingi vazifa -  samarali vaksinalarni ishlab chiqish va tayyorlashdir, buning uchun esa xalqaro hamkorlik talab etiladi.

Uxanda hayot normal holatga kelmoqda - foto

"Xitoyda ommaviy xususiyatga ega notibbiy choralar qo‘llanildi, ya’ni: izolyatsiya, tibbiy nazorat, aloqalar cheklovi va shaxsiy himoya vositalari. Bu infeksiya tarqalishini oldini olishga va kasallanish soni oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka imkon berdi. Boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday harakat qilish kerak. Qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yaxshi", - deydi qat’iyat bilan Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining yangi koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Ekspert komissiyasi rahbari Lyan Vannyan.

Xitoyda turar joylar qat’iy yopiq rejimga o‘tkazildi: hududga kirish uchun bitta yo‘lak bo‘lib, unda har bir odam harorati tekshiriladi, axlat va maishiy chiqindilar saralanadi va zararsizlantiriladi; supermarketlarda xaridorlar soni cheklangan; profilaktika to‘g‘risida ma’lumotlar hamma yoqda yopishtirilgan.

Transportga alohida e’tibor qaratish lozim, deydi Xubey provinsiyasi Markaziy boshqaruv guruhining kichik dahalar darajasida oldini olish va epidemiyaga qarshi nazorat bo‘yicha ekspert guruhi rahbari U Xao. Yo‘lovchilar oqimi va vagonlardagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida Pekin metrosi hatto metroda ertalabki yo‘nalishlarga smartfondagi ilova orqali dastlabki buyurtmalar dasturini ishga tushirdi. Kasalxonalar yoki turar-joy binolari yaqinidagi barcha stansiyalar kislorod uzatish tizimlari bilan jihozlandi. Platformalar, tunnellar va ventilyatsiya xonalari kuniga bir necha marta tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi.

Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi - Rossiya SSV

"O‘tkir nafas olish sindromi (SARS) epidemiyasidan 17-yil o‘tgach, biz ushbu kasallikni bir marotabali deb hisoblaganmiz, bunga oid tizimli tadqiqot ishlari olib borilmagan, shuning uchun biz yetarli darajada tayyor emas edik", - deydi akademik Chjun Nanshan yo‘l qo‘yilgan xatolardan biri to‘g‘risida. Bu safar xitoylik olimlar Uxandagi infeksiyaning qo‘zg‘atuvchisini tezda aniqladilar. Mamlakatda darhol epidemiyaga qarshi kurash rejalari ishlab chiqildi, bu 2003-yilga nisbatan katta qadamdir".

"Shifokorlar imkon qadar avvalo o‘zlarini himoya qilishlari lozim va shundan keyingina boshqa odamlarni qutqarish bilan shug‘ullanishlari kerak", - deb ta’kidlaydi RIA Novosti agentligi suhbatdoshi. Epidemiya boshlanishida, himoya choralari to‘g‘risida xabardorlik yo‘qligi va tibbiy vositalar va jihozlarning yetishmasligi tufayli, uch mingga yaqin tibbiyot xodimi infeksiyaga chalindi. Bu ularning ishtiyoqi va mehnat qobiliyatiga putur yetkazdi. Ammo xatolar e’tiborga olindi va tez orada Uxanga qo‘shimcha 50 ming shifokorni yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Virus quyoshda "quriydi" - biolog pandemiya tugashini bashorat qildi

Uxan universiteti Jamiyatshunoslik fakulteti dekani Xe Suyefenning ta’kidlashicha, Xitoyda odamlarni tashkillashtirishning uchta asosiy shakli ishga tushirildi. Birinchisi - korxonalar va tashkilotlar ishchilari darajasida. U yerda har bir xodimning harakatlanishi va sog‘ligi holati nazorat qilindi.

Ikkinchisi kichik dahalar darajasida. Boshqaruv kompaniyasi, mulkdorlar shirkatlari yoki uy boshqaruvi yashovchilarni safarbar qiladi va shaxsiy va jamoaviy himoya choralari to‘g‘risida tashviqot olib boradi. Va nihoyat, uchinchisi – o‘z-o‘zini tashkil etish. Har bir turar-joy binosi faollari umumiy tartibni kuzatdilar. Qizig‘i shundaki, epidemiya paytida bunday harakatlar qo‘shnilarni bir-birilari bilan urishtirmaydi-da, aksincha, o‘zaro yordam ruhini kuchaytiradi, deydi RIA Novosti suhbatdoshlari. - Masalan, agar oiladagi barcha kattalar virusni yuqtirgan va kasalxonaga yotqizilgan bo‘lsa, bolalar esa karantindan keyin uylariga qaytgan bo‘lishsa, uy uchun ma’sul shaxs voyaga yetmaganlarga qo‘shnilar tomonidan navbatma-navbat g‘amxo‘rlik qilinishini ta’minlaydi.

Yevropada ham o‘zaro ko‘mak va yordam kuchaydi. Ammo intizom hali ham muammo bo‘lib qolmoqda. Buni ham o‘rganish kerak bo‘ladi - boshqa yo‘l yo‘q.

"Uxan alokada" - bu Xitoy Mediakorporatsiyasi va "Rossiya segodnya" XAAning "Rossiya-Xitoy: muhimlari" axborot xizmati tomonidan tayyorlangan loyiha.