Pensiya pullari aholi uylariga yetkazib berilmoqda

Joriy yilnin keyingi aprel oyida ham pensiya va nafaqa pullari barcha fuqarolarning yashash uylariga naqd shaklda yetkazib beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Karantin e’lon qilinganligi munosabati bilan aholiga pensiya to‘lovlarini mahalla fuqarolari yig‘ini binolarida tarqatish to‘xtatilgan. 

Toshkent viloyatida o‘lgan odamlar nomidan pensiya olib kelgan shaxslar ushlandi

18 mart sanasidan boshlab, mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida aholini to‘plab, navbat bilan pensiya tarqatilishi to‘xtatilgan. Endilikda pensiya va nafaqa pullari bevosita aholining uylariga yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilning aprel oyida ham pensiya va nafaqa pullari barcha fuqarolarning yashash uylariga naqd shaklda yetkazib berilishi aytilmoqda.

26 mart holatida 2 trln 103,1 mlrd so‘mlik yoki 98 foiz pensiya mablag‘lari naqd pul shaklda tarqatib berilgan bo‘lib, 405 mingga yaqin pensionerlarga 252,8 mlrd so‘m pensiyalar bank kartalari orqali to‘langan.