Giperinflyatsiya – AQSh uchun muqarrar ssenariyga aylanmoqda

Puldan ayrilishdan ko‘ra yomonroq narsa nima? Bu pulingiz bo‘lsayu, lekin uning qadri to‘xtovsiz tushib ketaversa. Giperinflyatsiya - sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariydir.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar —Sputnik. Chegaralar yopilib, ishlab chiqarish zanjirlari uzilib, tovar va mahsulotlar taklifi kamayib borayotgan vaqtda iqtisodni qo‘shimcha pul bilan to‘ldirish - giperinflyatsiyaga olib kelishi muqarrar, deb mutaxassislar xulosasini keltiradi RIA Novosti muallifi Maksim Rubchenko.

Cheklanmagan pullar uyumi

Dushanba kuni AQSh Federal rezerv tizimi koronavirus pandemiyasi vaqtida iqtisodni cheklanmagan pul bilan ta’minlashga qaror qilganini xabar qildi. Ushbu maqsadda mahalliy hukumatlar  va yirik ish beruvchilar uchun 300 milliard dollarlik qo‘shimcha moliyalash liniyasi ochildi. Undan tashqari AQSh iqtisodiga 2 trillion dollar qo‘shmcha mablag‘ kiritishga qaror qilindi. Natijada Dow Jones Industrial va S&P indekslari bor-yo‘g‘i 3,4%ga, Nasdaq esa —2,8%ga oshdi.

Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Yetakchi iqtisodchilar Trampning ushbu siyosatini keskin tanqid qilishmoqda. Ular aytishiga qaraganda muammolarni bunday yo‘l bilan hal qilish – iqtisod uchun yanada kattaroq muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

“AQSh hukumati va FRT 2008-yilda yo‘l qo‘yilgan xatorlarni takrorlamoqda, - deydi Euro Pacific Capital Inc eksperti Piter Shiff. Pul-moliyaviy yordam berish siyosati bu xato siyosatdir va u kelajakda yanada kattaroq muammolarga olib kelishi mumkin”.   

Chikago universiteti biznes maktabi professori Ostan Gulbi ham Shiffning nuqtayi nazarini qo‘llab quvvatlaydi. Business Insider portaliga bergan intervyusida professor “Hukumat birinchi navbatda virusni to‘xtatishi kerak, iqtisod bilan keyin shug‘ullanish kerak. Bu har qanday moliyaviy krizis vaqtida avval banklar faoliyatini to‘xtatishga o‘xshaydi. AQsh hukumati ko‘rayotgan choralar yaqin kelajakda iqtisodiy muammolarni yanada kesinlashtirishi mumkin”, -  dedi professor.

“Epidemiya davom etarkan, odamlar samolyotlarda uchmaydi, restoranlarga bormaydi, chunki kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishadi. Shuni uchun virus daf bo‘lmas ekan – iqtisodiy vaziyat yaxshilanishiga umid qilmaslik kerak”, - deydi Gulsbi.  

Tressis Gestion kompaniyasining iqtisodiy tahlilchilaridan biri bo‘lgan Deniyel Lakalye aytishiga qaraganda, korxonalar faoliyati to‘xtashi, yetkazib berish tizimlari uzilishi, - mahsulotlar sonini keskin kamaytirib yuboradi. Bunday vaziyatda iqtisodga qo‘shimcha pul tashlash – bu katta xatodir. Buning oqibatida uzoq yillar davomida narxlar oshishi, qarzlar ko‘payishi va ishlab chiqarish hajmi kamayishigsha olib kelishi  mumkin.

Inflyatsion sunami

Fedrezerv inflyatsion sunami chaqirmoqda, - deydi Piter Shiff. Hozirgi sharoitda AQShda giperinflyatsiya vujudga kelishi ehtimoli eng kam bo‘lgan ssenariydan eng muqarrar ssenariyga aylandi. Puldan ayrilishdan ko‘ra yomonroq narsa nima? Bu pulingiz bo‘lsayu, lekin uning qadri to‘xtovsiz tushib ketaversa. Bu sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariydir. Endi narxlar osmonga ko‘tariladi”.

AQSh koronavirus poygasida yutqazib, jahondagi yetakchilikni boy bermoqda

Ekspertlar fikriga ko‘ra, birinchi navbatda inflyatsiyaga uchrashi mumkin bo‘lgan mahsulotlar – oziq-ovqat mahsulotlaridir. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti (FAO) bosh iqtisodchisi Abdolreza Abbasan AQShda oziq-ovqat narxlari keskin oshishi muqarrar ekanini haqida ogohlartirdi. Sabab: odamlar ham hukumat ham vahimaga tushgan va oziq-ovqat zahiralari jamlash bilan shug‘ullanmoqda.

Ushbu jarayon allaqachon boshlandi desak ham bo‘ladi. Ayni damda Chikago birjasida soya narxi – 7 %ga, bug‘doy narxi 15%ga, go‘sht narxi 25 %ga oshganini kuzatish mumkin.   

Oddiy amerikaliklar karantin boshlanishidan qo‘rqib magazin polkalarini bo‘shatib tashlashmoqda. Ulgurji savdogarlar narxi oshishi ilinjida bug‘doy, un va makaron kabi mahsulotlar zahiralarini g‘amlashmoqda.

Ko‘plab davlatlarda savdo cheklanishi va  chegaralari yopilishi bilan birga bunday vaziyat giperinflyatsiya keltirib chiqarishi muqarrar.

“Hammasi mana bunday bo‘ladi – deydi Ostan Gulbi. – Kompaniyalar ishchilarni hayday boshlaydi, keyin bankrotlik haqida e’lon qiladi. Keyin ushbu kompaniyalarga kredit bergan banklarda muammo paydo bo‘ladi va moliya tizimi inqirozi yuz beradi. Oqibatda biz 1929 -32 yillarda va 2008-yilda yuz bergan krizislar birikmasiga duch kelamiz. Normal biznes yuritish faoliyati buziladi. Shundan so‘ng epidemiya tugasa ham iqtisod krizisgacha bo‘lgan holatiga qaytmaydi. Eng pessimistik ssenariy mana shunaqa”.