Bloger unitazni yalab, koronavirusni yuqtirib oldi

Chellenj ishtirokchilari jamoat joylarida unitazlarni yalaydilar va bu bilan pandemiyani inkor etadilar. Juda ko‘pchilik bu aksiyani ahmoqona, deb topgan bo‘lsa-da, ammo u tobora ommalashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Larz nikli amerikalik mashhur TikTok-bloger Coronavirus Shallengeda ishtirokidan so‘ng koronavirusni yuqtirib oldi, deb xabar qilmoqda The Daily Mail.

Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkin – tadqiqot

Coronavirus Shallenge ("Koronavirus bilan sinov") 14-mart kuni mashhur TikTok-blogerlar - Kemeron Xong va Ava Luizalar tomonidan boshlab yuborilgan. Chellenj ishtirokchilari jamoat joylarida unitazlarni yalab, bu bilan pandemiyani inkor etadilar. Juda ko‘pchilik ushbu aksiyani ahmoqona, deb topgan bo‘lsa-da, ammo u tobora ommalashmoqda.

Larz nikli bloger jamoat joyida hojatxona unitazi o‘tirg‘ichini yalayotgani haqida video suratga oladi. U rolikni 20-mart kuni ommaga e’lon qilgan.

Oradan ikki kun o‘tib, Twitterga kasalxonada osma ukol ostida yotib, COVID-19ga topshirgan testi tasdiqlangani haqidagi yangi kadrlarni joylashtirgan.

Tez orada bloger "hojatxona" videosini o‘zining TikTokdagi sahifasidan o‘chirib tashlagan.