O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 11 nafari shifokorlardir

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligiga zudlik bilan 30 mingta ekspress-test xarid qilish topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemorlarning 11 nafari shifokorlardir.

Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlari maxsus to‘lovlar bilan rag‘batlantiriladi

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga bag‘ishlangan videoselektor majlisida aytilgan.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligiga zudlik bilan 30 mingta ekspress-test xarid qilish topshirilgan.

2020 yil 1-noyabrga qadar pandemiya oqibatida og‘ir ahvolga tushib qolgan korxonalar bankrotlikka tortilmasligi aytilgan.