Samarqand shahri ham to‘liq yopilmoqda

Shuningdek, 27-mart kuni soat 06:00 dan boshlab Samarqand shahri hududida tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. 2020-yil 27-mart kuni soat 06:00dan boshlab, Samarqand shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari uchun to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Namangan viloyatida gulmohi va Afrika laqqasi yetishtiriladi

Ushbu cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarda, shuningdek, Samarqand shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, Samarqand shahrida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini olib borayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27-mart kuni soat 06:00dan boshlab Samarqand shahri hududida tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, karantin tufayli Toshkent va Namangan shaharlariga kirish va chiqish taqiqlangani xabar qilingan edi.