JSST koronavirus bilan qanday kurashish kerakligi haqida

JSST rahbarining fikriga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda olg‘a siljish uchun 6 ta usul mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Fuqarolarni izolyatsiya qilish va harakatni cheklash choralari koronavirus pandemiyasini batamom yo‘q qilishga yordam bermaydi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari (JSST) Tedros Gebreisus matbuot anjumanda.

Koronavirusga chalingan birinchi inson ismi oshkor etildi

“Bunday choralar koronavirus tarqalishida vaqtni yutishga yordam beradi, biroq odamlar hayotini saqlab qolishi uchun yetarli emas”, - deydi JSST rahbari.

Uning fikriga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda olg‘a siljish uchun 6 ta usul mavjud:

- sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish;

- virusga chalinganlarni davolash ishlari bilan shug‘ullanadigan tibbiyot xodimlarini tayyorlash;

- bemorlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha shifoxonalar tashkil qilish;

- bemorlarning barcha muloqotlarini kuzatish;

- barcha kasallanganlarni aniqlash;

- koronavirusni aniqlash testlar miqdorini ko‘paytirish.

Bunday choralar nafaqat virusning tarqalishini to‘xtatadi, balki barcha cheklovlar olib tashlanganidan keyin epidemiya qayta boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Dunyo bo‘ylab 466 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan, 21 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 113 mingdan ortig‘i sog‘aydi.