Qarshida karantin qoidalarini buzgan bir necha kishi javobgarlikka tortildi

Fuqarolardan biri o‘zboshimchalik bilan Qarshi shahridagi karantin hududini tark etgan. Yana ikkitasi karantin davriga qaramay kafeyu choyxonasini ishlatib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Namagan viloyati Qarshi shahrida karantin qoidalarini buzgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Chust tumanining Mash’al ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. 21-mart kuni o‘zboshimchalik bilan Qarshi shahridagi karantin hududini tark etgan.

Koronavirusning O‘zbekistonga yurishi: oddiy odamlar hayotida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

Bundan tashqari, Qarshi shahar, “Oqtepa” MFYda yashovchi fuqaro Ch.A. karantin davrida 21-mart kuni “KOLORADO” nomli kafesi, “Gungon” MFYda yashovchi fuqaro X.A. “Saxovat” nomli choyxonasini yuritib kelgan. Ular ushbu xatti-harakatlari bilan karantin qoidalarini buzgan.

Mazkur qoidabuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy tartibda jazolangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi. Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilib, ushbu qoidabuzarlik uchun qattiq jazo qo‘llaniladi.