Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi

Nur-Sulton shahridagi karantin ikki yoshning oila qurishiga xalaqit qildi. Biroq yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazishga qaror qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Nur-Sulton shahridagi karantin ikki yoshning oila qurishiga xalaqit qildi. Azamat va Asel 22-mart kuni turmush qurishlari kerak edi.

Bazmni bekor qilishga to‘g‘ri keldi, biroq shariat bo‘yicha nikohdan o‘tishdi. Imomni taklif qilib, uyda yaqinlarining tor doirasida oila qurishdi.

Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi

Kelinning ota-onasi Aris shahrida yashaydi. To‘y paytida yosh kelin-kuyov ular va boshqa qarindoshlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali aloqada bo‘lishdi.

Shuningdek, samimiy qutlovlarni ijtimoiy tarmoqdagi guruhda chat orqali qabul qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilindi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi. Kuni kecha Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “shunday qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir” degan fikrni bildirgan edi.