Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi

24 martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Poytaxtda bozorlar va dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi – hokimlik

“Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamg‘arilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.