Neft urushi: Vashington asosiy taqiqni buzdi

AQSh neft bozorlaridagi inqiroz va slanes kompaniyalarining muammolari amerikalik siyosatchilarni ham, mamlakatdagi neft kompaniyalarni ham g‘ayrioddiy yechimlarni izlashga majbur qilmoqda.
Sputnik

AQSh neft bozorlaridagi inqiroz va slanes kompaniyalarining muammolari amerikalik siyosatchilar bilan bir qatorda mamlakat neft kompaniyalarini ham g‘ayrioddiy yechimlar izlashga majbur qilmoqda, ularning ayrimlari shu paytgacha imkonsiz, noqonuniy, g‘ayritabiiy va umuman, "milliy manfaatlarga xiyonat" sanalgan.

Amerika qulagan neft narxi uchun Rossiyani qanday jazolash haqida o‘ylamoqda

Inglizlarda yengib bo‘lmas kuchga duch kelinganida aytiladigan, garchi surbetona bo‘lsa-da, ammo mashhur bir maqol bor: uni shunday tarjima qilish mumkin: "Kimnidir mag‘lub qila olmayapsizmi - g‘oliblarga qo‘shiling".

Agar bu maqolni xalqaro neft bozoridagi bugungi voqelikka nisbatan qo‘llasak, u holda Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi narx urushida g‘alaba qozonishning iloji yo‘qligi yoxud bu juda qimmatga tushadigan g‘alaba bo‘lishi sababli, g‘oliblarga qo‘shilish mantiqan to‘g‘ri.

Aynan shu sababli, amerika neft bozori regulyatori  (aniqrog‘i, slanes neft sanoatiga mas’ul bo‘lgan regulyator) misli ko‘rilmagan ish qildi - u OPEK vakillari bilan aloqaga chiqdi. Bundan tashqari, muzokaralar stoliga amerika tomonidan jahon neft bozorini barqarorlashtirish rejasi qo‘yilgan.

Bunday rejani amalga oshishiga hali juda ko‘p vaqt bor, murakkab (ko‘poqlama) muzokaralar esa hali ko‘p marotaba to‘xtatilishi mumkin. Ammo bu holda amaliy darajada jahon bozorining asosiy taqiqlaridan biri buzilganligi juda muhim fakt: amerikaliklar hech bo‘lmaganda neft narxining ko‘tarilishi evaziga o‘z ulushini berish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.

Rayan Sitton, amerika muzokarachisi rolida aynan u bo‘ladi shekilli, Bloomberg biznes-axborot agentligi orqali okean orti hamkorlarimizning muzokaralardagi dastlabki pozitsiyasini belgilab berdi: "Nazariy jihatdan, Texas qazib olishni 10 foizga kamaytirishi mumkin va agar Saudiya Arabistoni ishlab chiqarishni pandemiyagacha bo‘lgan darajadan 10 foizga qisqartirishga tayyor bo‘lsa, Rossiya ham xuddi shunday qilishga tayyor ekan, bu bozorni inqirozdan oldingi darajaga  (faqat bir oz neft ortiqligiga) qaytaradi".

Neft Rossiya gazini pastga tortib ketolmaydi. Sababi quyidagicha

Ma’lumki, XX asrda AQSh hukumatining neft oligopoliyalari bilan kurashgan vaqtidan beri, Amerika neft kompaniyalari (jiddiy jazolar tahdidi ostida) qazib olishni o‘zaro va ayniqsa chet el konchilari bilan muvofiqlashtira olmayapti.

Ammo, aynan janob Sitton bu ishni amalga oshirish uchun barcha huquqlarga ega va bitta imzosi bilan Amerika ishlab chiqarishni kamaytirib yuboradigan davlat tuzilmalarining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Bu davlat tuzilmasining yolg‘on nomi "Texas temir yo‘l komissiyasi" (The Railroad Commission of Texas) bo‘lib, bu nom XIX asrdan boshlab bu tuzilma transport bozorini boshqargan vaqtda berilgan nom va hozirda shu jumladan AQShning asosiy neft (va slanes)  hududida neft ishlab chiqarishni tartibga solib keladi. Janob Sitton - bu tuzilmaning komissari hisoblanadi va uning aytishicha, unga OPEK muzokaralar olib borishga to‘g‘ri keladi, u allaqachon rasmiy taklifni olgan.

Ba’zi amerikalik siyosatchilar va neft kompaniyalari qazib olishga qo‘yilgan har qanday cheklovlarga qat’iy qarshi turishsa kerak, va ehtimol sud jarayonlari orqali ham buni amalga oshirishlari mumkin, ammo aynan Texas davlat regulyatori ularning roziligisiz va hech qanday yangi qoidalar yoki tartibni joriy etmasdan "jo‘mrakni" aylantirib qo‘yishi mumkin.

Birinchi navbatda Texas regulyatori qo‘shilib keladigan gazni yoqish uchun ruxsatnomalarni beradi va uzaytiradi (shuningdek bekor qilishi mumkin): Amerika slanes kompaniyalari bu amaliyotni ommaviy ravishda qo‘llaydilar, uni uzoq vaqtdan beri ekologlar va ba’zi iqtisodchilar taqiqlanishini talab qilinmoqdalar.

Qazib olishni ko‘paytirish yoki qo‘llab-quvvatlash uchun slanes ishlab chiqaruvchilari shunchaki neft bilan birga ishlab chiqariladigan gazni yoqib yuborishadi, amerikalik sohaviy jurnalistlar ta’kidlashicha, quduq qanchalik qadimiy bo‘lsa, shunchalik ko‘p gaz chiqadi. Agar ushbu amaliyot uchun ruxsat berish cheklansa yoki butunlay to‘xtatib qo‘yilsa, u holda slanes ishlab chiqarish mutanosib ravishda kamayadi, ekologlar esa faqat shod bo‘lishadi.

Neft narxi qulashi va muqobil energetika inqirozi kimga kerak?

Mavjud ikkinchi usul - ancha qo‘polroq va qisman stop-kranni ishlatishga o‘xshaydi, lekin juda tang holatda (agar Texas OPEK bilan gaplashsa, bu juda favqulodda holat) bu usuldan foydalanish mumkin: yo‘qolayotgan ishlab chiqarishni almashish uchun slanes kompaniyalari doimiy ravishda yangi quduq qazishlari kerak, ammo ularning har biriga ruxsat yana huddi o‘sha komissiya tomonidan beriladi. Agar bu jarayonga to‘sqinlik qilinsa yoki juda sekinlashtirilsa, u holda eskirayotgan quduqlarda qazib olishning pasayishi umuman ishlab chiqarishni tabiiy va ancha jadal pasayishini ta’minlaydi.

Amerikaning Bloomberg agentligi xabar berishicha, Texas komissiyasi vakili va OPEK muzokarachilarining uchrashuvi iyun oyida rejalashtirilgan, ammo bu komissiyada nufuzli skeptiklar ham bor: "AQShning eng yirik neft shtatidagi eng nufuzli mansabdor shaxslardan biri iyun oyida OPEKning muqaddas kadamjosiga taklif qilindi – va bu ikki tarixan qarama-qarshi yirik neft derjavalarining yaqinlashuvi natijasida sodir bo‘ldi. Juma kuni Texas temir yo‘l komissiyasi komissari Rayan Sitton OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo uni guruhning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi yig‘ilishiga taklif qilganini aytdi.

Ammo kutilmagan e’lon AQSh va xalqaro neft doiralarida shov-shuvga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, Sittonning Texasda xom neft qazib olishni cheklash haqidagi taklifi 1970-yillardan beri o‘zining agentligidagi qarshiliklarga duch keldi. "Garchi men "Texas mo‘’jizasi" ("slanes"ga asoslangan "Texas iqtisodiy mo‘’jizasi" nazarda tutiladi - tahr.)ni himoya qilish bo‘yicha har qanday g‘oyani ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lsam ham, erkin bozor tarafdori va konservator sifatida, menda ushbu yondashuvga qarshi bir qator fikrlar mavjud", - Veyn Kristian, komissiya raisi. Agar Texas yetkazib berishni to‘xtatsa, boshqa davlatlar yoki hatto shtatlar ham xuddi shuni qilishlariga hech qanday kafolat yo‘q".

Ushbu bayonotni ikki registrda o‘qish mumkin desa bo‘ladi: bir tomondan, komissiyaning o‘zida qarshi ovozlar mavjud, boshqa tomondan, muxolifat prinsiplar bilan bog‘liq emas (konservatizm va bozor erkinligi to‘g‘risidagi bayonotlarga qaramay), balki aldanib qolish yoki bu bitimdan yagona yutqazganlar holatida bo‘lishdan qo‘rquv mavjud.

Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

Bu rad etish emas, balki bu Vena shahrida to‘liq muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan "bir qator qo‘shimchalar". Tartibga soluvchining  vakillari ma’lum bir chora-tadbirlarni qidirish va shakllantirish bilan shug‘ullanayotganliklarini tasdiqlashayotgani juda ahamiyatlidir (garchi ular haligacha qaror qabul qilinmaganligini ta’kidlamoqdalar), va bunda ushbu variantni ko‘rib chiqish uchun so‘rov ba’zi neft kompaniyalaridan kelib chiqqanligi to‘g‘risida so‘zlashmoqda. "Texasning bir nechta neft kompaniyalari komissiya tomonidan kunlik qazish normasini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi haqida qiziqishdi,"- dedi regulyator vakili. – Meyorga solish - "har kim o‘zi istaganicha" yoki "hamma imkoni boricha" rejimidan "hamma ruxsat etilgan miqdorda ishlab chiqaradi" rejimiga o‘tishi".

Bu g‘alati bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo hozirda yuzaga kelgan vaziyat shuni ko‘rsatadiki, narxlarning keskin pasayishi AQShning neft sektorini murosa qilish imkoniyati borasida mo‘’jizalarni ko‘rsatmoqda. Ushbu mo‘’jiza AQShga, hech bo‘lmaganda norasmiy ravishda, hozirning o‘zida OPEKga a’zo bo‘lishi yoki yaqin oylarda ishlab chiqarishni tartibga solish bo‘yicha xalqaro bitim tuzish uchun kifoya qiladi, ammo bu yo‘nalishda albatta ma’lum yutuqlarga erishildi.