O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 41 nafarga yetdi, deb xabar berdi SSV
Sputnik

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 41 nafarga yetdi.

Yangi bemorlar karantinga olingan shaxslar orasida qayd etilgan.

"Mamlakatimizda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallangan soni 41 nafarga yetdi", - deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonotida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali mutaxassislari tomonidan epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bu jarayonga barcha kuch va vositalar jalb qilingan.