Migrantlar Rossiyadan tashqariga chiqmasdan yangi patent olishi mumkin – TIV bayonoti

2020 yil 19-martdan boshlab xorijiy fuqarolar Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil 19-mart kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lish muddatlarini uzaytirish tartibiga izoh berdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Rossiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi

2020 yil 19-martdan boshlab xorijiy fuqarolar Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin. Buning uchun ular ariza bilan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy organiga murojaat qilishlari kerak.

Rossiyaga vizani talab qilmaydigan tarzda kelgan chet el fuqarolari mamlakat hududida bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin, xatto mazkur muddat tugagan bo‘lsa ham.

Chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnomalarga va  Rossiya hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolariga ishlash huquqini beradigan ruxsatnomalar uchun ariza qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’kidlanishicha, mehnat muhojirlari yangi patent olish uchun Rossiya Federatsiyasidan tashqariga chiqmasdan va tegishli arizalarni berish muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasdan murojaat qilishlari mumkin.

Rossiyada dollar kursi yana ko‘tarildi

Hujjatning to‘liq matni bilan havolada tanishish mumkin.

Elchixona Rossiyada hududida bo‘lish muddatida tugaydigan o‘zbekistonliklarga imkon qadar tezroq Rossiya ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy organiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlarini qat’iy tavsiya qiladi.

O‘zbekistonliklar zarur holatlarda  O‘zbekistonning Moskva  shahridagi va Rossiyaning hududlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz (manzillar va telefon raqamlar quyidagi havolada joylashtirilgan).