Markaziy harbiy sport klubi murabbiylaridan biri vafot etdi

Uning qo‘l ostida Abdulla Tangriyev, Ramziddin Saidov, Rishod Sobirov kabi taniqli harbiy-dzudochilar mashg‘ulot o‘tkazgan va musobaqalarga chiqqan.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Boris Grigoryev vafot etdi. Bu haqda Sport vazirligining axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Afsona endi yo‘q: Sovet ittifoqining eng so‘nggi marshali Dmitriy Yazov vafot etdi

Tajribali murabbiy Boris Ivanovich uzoq yillar davomida Markaziy Harbiy Sport Klubining dzudo bo‘limida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan va yosh sportchilarni tarbiyalab kelgan.

Ayniqsa, u mamlakatga harbiy sportchilarni tayyorlab berishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelgan.

Murabbiyning qo‘l ostida Abdulla Tangriyev, Ramziddin Saidov, Rishod Sobirov kabi taniqli harbiy-dzudochilar mashg‘ulot o‘tkazib, katta-katta musobaqalarga chiqqan.