Karantin vaqtidagi Toshkent - sara suratlar

Sputnik

Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 16-martdan yopildi, shuningdek, Navro‘z xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar bekor qilindi. O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatildi.

Hukumat fuqarolardan vahimaga berilmaslik va xotirjamlikni saqlashni so‘ramoqda.

Poytaxtda odamni jig‘ibiyron qiladigan tirbandlik o‘z o‘zidan yo‘qoldi. Ob-havoning ajoyib bo‘lishiga qaramasdan qishda ham gavjum bo‘lgan "Tashkent-Siti" huvillab qolgan. Kamdan kam odamlarni ko‘rish mumkin.

G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Sanitar kuni" deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilgan.

Karantidagi Toshkentning sara suratlari Sputnik fotojamlanmasida.

 

1 / 25
So‘nggi 2-3 kunda harakatlar cheklangani bois tirbandlik kuzatilmaydi.
2 / 25
Karantinga yopilgan bog‘cha.
3 / 25
Xiyobondagi niqob taqqanlar
4 / 25
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (sanitar kunlari o‘tkazilmoqda)
5 / 25
Adiblar xiyobonida niqob taqqan bolakaylar
6 / 25
Bog‘cha o‘yin maydonchasi
7 / 25
"Tashkent-Siti"dagi arg‘imchoq.
8 / 25
Yakkasaroy masjidi karantinga yopilgan.
9 / 25
Ob-havo ajoyib bo‘lishiga qaramay "Tashkent-Sitida" odamlarda kamdan-kam uchraydi. Qishda ham bu yer hamisha gavjud bo‘lar edi.
10 / 25

G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga kirish joylaridan biri.
11 / 25
Poytaxtdagi karantinga yopilgan bog‘chalardan biri.
12 / 25
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining markaziy kirish joyi.
13 / 25
Eskalatorlar dezinfeksiya qilinmoqda.
14 / 25
Doka bozori chaqqan mollardan biri. Ko‘pchilik o‘zi niqob tikib olmoqda.
15 / 25
Bozorlar mahsulotlar bilan to‘lib toshgan.
16 / 25
Bozorlarda bayramona kayfiyat va bo‘m-bo‘sh rastalar deyarli yo‘q. (Chorsu)
17 / 25
Metroda hech qanday vahima yo‘q. Muntazam ravishda barcha bekatlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
18 / 25
Eng yirik sport majmualardan biri karantinda.
19 / 25
Stomatoligiya kasalxonalardan biri. Karantin vaqtida bemorlar soni kamaydi.
20 / 25
Isiriqning ham bozori chaqqon.
21 / 25
Keyingi avtobusni dezinfeksiya qilishni kutayotgan xodim.
22 / 25
Dezinfeksiya xizmati xodimi keyingi avtobusni kutmoqda.
23 / 25
Toshkentdagi sayyohlar
24 / 25
Toshkentda bahor ifori.
25 / 25
Toshkentdagi sayyohlar