Yevropa tashqi tashqi siyosiy faoliyat xizmati (EEAS) Rossiya davlati va “kremlparast” ommaviy axborot vositalari G‘arbiy mamlakatlardagi inqirozni kuchaytirish uchun koronavirus pandemiyasi atrofida “dezinformatsiya kampaniyasini” boshlagani haqida bayonot berdi. Bu haqda The Financial Times gazetasi tashkilotning yopiq hisobotiga asoslanib yozdi.
Hisobot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bunday kampaniyaning maqsadi “Yevropa jamiyatini ichidan yo‘q qilish”. Ularning fikricha, Rossiya ommaviy axborot vositalarining xatti-harakatlari COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatga samarali javob berishga to‘sqinlik qilmoqda.
Sputnik International nashriga bergan intervyusida yevropalik ekspertlar ushbu bayonotni tanqid qildilar.
Global siyosat institutining katta ilmiy xodimi, falsafa doktori, "Tinchlik uchun bombalar: NATOning Yugoslaviyaga qarshi insonparvarlik urushi" kitobi muallifi Jorj Samuyelining fikriga ko‘ra, Rossiyaga qarshi ayblovlarning uydirma usullari G‘arb uchun odatiy holga aylandi.
"Rossiyani G‘arb jamiyatining boshida tushgan har qanday falokatda ayblash ommaviy axborot vositalari va tadqiqot markazlarining odatiy munosabatiga aylandi. Koronavirus bilan bog‘liq bu inqiroz boshlanganida, Rossiyani ayblash uchun imkoniyat topish vaqt masalasi bo‘lib qolgan aniq. Virus go‘yo "Novichok" kabi Rossiyaning harbiy laboratoriyasida ishlab chiqarilgan deyish osonroq bo‘lar edi. Ammo virus Xitoydan kelganligi va bu haqiqat uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lib kelganligi sababli, bu variantdan kechildi. Rossiyani virus haqida soxta "Feyk" xabarlarni tarqatayotganligida ayblash qoldi holos. Shunga qaramay, hech kim Moskvadan kelayotgan virus haqida soxta "Feyk" xabarlar haqida biron bir misol keltirolmadi ... Rossiya koronavirus inqirozini jiddiy qabul qiladi va uning potensial halokatli ta’siri haqida hech qanday shubha bildirmaydi", - dedi Jorj Samuyeli.
O‘z navbatida, jurnalist, "Soxta yangiliklar. Suriyadagi urushdan Muller tergovigacha OAVdagi manipulyatsiya va tashviqot" kitobining muallifi Roberto Vivaldelli Yevropa elitalari Moskvaga qarshi foydasiz urushni davom ettirmoqda, degan fikrni bildirdi.
"Yevropa diplomatiyasining o‘z hisobotida Rossiyani koronavirus ustidan vahima tarqatib, Yevropa tartibini buzganlikda ayblashi sharmandali. Ushbu qiyin tarixiy bosqichda Yevropa va Rossiya koronavirus deb atalmish yangi dushmanga qarshi birlashishi kerak. Buning o‘rniga Yevropa elitalarining Moskvaga qarshi yangi va befoyda sovuq urush pandemiya bilan bir vaqtda davom etmoqda.... Yevropa diplomatiyasi Rossiyani yolg‘onda ayblamasdan kechirim so‘rashi kerak ", - dedi Roberto Vivaldelli.