AQSh Rossiyani turk harbiylari o‘limida aybladi - dunyoning bu bilan ishi yo‘q

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyani o‘nlab turk harbiylar o‘limida aybladi. Bundan tashqari, u "NATO ittifoqchisi"ni qo‘llab-quvvatladi va AQSh "Turkiyani qo‘llab-quvvatlash va zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun yangi choralarni ko‘rib chiqayotganini" bildirdi
Sputnik

Bu Vashington tomonidan Suriya Idlibida yaqinda ro‘y bergan inqiroz yuzasidan yangragan birinchi keskin bayonotidir. Hozirgacha Qo‘shma Shtatlar turk askarlarining o‘limi uchun bevosita javobgarlikni Moskva zimmasiga qo‘ymagan.

Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

To‘g‘ri, Pompeoning bayonoti o‘rinli emasligini payqash qiyin emas, chunki "poyezd allaqachon ketib bo‘lgan".

Idlib atrofidagi inqiroz - fevral oyining ikkinchi yarmi va mart oyi boshida yuz berdi. Vladimir Putin va Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasida 5 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuv va kelishuvlardan so‘ng, keskinliklar pasayishni boshlagan edi.

Mintaqadagi vaziyat hali ham keskin. Strategik ahamiyatga ega M4 avtomagistralining Rossiya-Turkiya qo‘shma patruli uni boshqarayotgan jangarilar tomonidan jiddiy qarshilikka duch kelmoqda. Shunga qaramay, jarayon davom etmoqda.

Ikkiyoqlama hamkorlikning boshqa yo‘nalishlariga esa — Turk oqimidan tortib, Akkuyu AES qurilishigacha  — yaqinda yuz bergan keskinlashuv mutlaqo ta’sir qilmadi.

Shu kunlarda Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati (FSVTS) direktori Dmitriy Shugayev Anqara tomonidan S-400ning ikkinchi partiyasini sotib olishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, amaldorning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha shartnoma Turkiyaning zenit-raketa tizimini ishlab chiqarishda ishtirokini nazarda tutadi. Garchi, tafsilotlar oshkor etilmagan bo‘lsa-da, idora rahbari bu Rossiyaning milliy manfaatlariga hech qanday xavf-xatar yetkazmasligini ta’kidladi.

Turkiya Idlibdan og‘ir qurollarni qaytarishdan bosh tortdi

Umuman olganda, Rossiya-Turkiya munosabatlari hozirgi formatda muvaffaqiyatli davom etmoqda, va bunda alohida masalalar yuzasidan eng keskin qarama-qarshiliklar va to‘qnashuvlar ham samarali hamkorlikka ta’sir qilmaydi.

Ushbu fonda, AQSh Tashqi ishlar vazirligi rahbarining nutqi uzoq vaqt omadsiz jangdan keyin mushtlarining urf-odatiy silkitishiga o‘xshaydi.

Ammo The Washington Post gazetasida "Turkiya qanday qilib Rossiya va G‘arbni yo‘qotdi" sarlavhasi ostida yangi chop etilgan maqola amerikaliklar Turkiyaga nisbatan qanday mantiqqa tayanishlariga oydinlik kiritdi. Unda yozilishicha, ayb Erdo‘g‘onning o‘zida va u o‘z tanlovi oqibatlarini endi mustaqil hal qilishi kerak. Turkiya prezidentini Anqara geosiyosiy jihatdan va derjava sifatida kuchayishiga ishontira olgan Putin bilan o‘ynashish, Erdog‘anning G‘arb ittifoqdoshlar bilan janjallashishiga va Moskva bilan yakkama-yakka qolishiga olib keldi. Moskva esa, albatta, mavjud vaziyatni o‘z foydasiga ishlatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi.

Biroq, eng qizig‘i, maqola yakuni bo‘lsa kerak. Unda Turkiya rahbari tomonidan xatolar muqarrar tan olingani, bu tan olishi natijasida u keksa va saxiy G‘arb oldiga yordam so‘rab yugurib kelgani - va agar u o‘zini yaxshi tutsa, balki bu yordamni olishi ham mumkinligi haqidagi prognozlar yo‘q. Aksincha, Toyib Erdo‘g‘anga "muhim kechki tanovvuldagi menyu"ning taomlaridan birini qismati bashorat qilingan.

Ekspert: Rossiya va Turkiyaning Suriya bo‘yicha kelishuvlari ehtiyotkorona optimizmni uyg‘otadi

Shu kontekstda davlat kotibi tomonidan tilga olingan pozitsiya Turkiya prezidentiga nisbatan nozik istehzoli tus oladi. Amerikaliklar uchun muammo shunda-ki, bu masxara juda ham nozik.

Tashqi siyosat sohasidagi balandparvoz gaplar yaxshi va samarali bo‘ladi, qachonki ular tegishli mamlakatning real imkoniyatlari va uning maqsadlariga erishish qobiliyatini aks ettiruvchi yanada ta’sirchan dalillarga qo‘shimcha sifatida xizmat qilsa.

Moskvaning so‘zlari doim amalda isbotlangani va Rossiya hatto eng yomon sharoitlarda ham o‘z maqsadiga erishishga muvaffaq bo‘layotgani tufayli dunyo Rossiya tashqi siyosiy ohangiga jiddiyroq e’tibor bera boshladi. Bunga qadar, ko‘p yillar ko‘pincha e’tiborsizlik odatiy munosabatga aylangan edi: ruslar istaganini gapiradi, ular baribir boshqa narsaga qodir emas kabilida.

Amerika tashqi siyosati ko‘z o‘ngimizda teskari tranzit tusini olmoqda: Vashington so‘zlari tobora kamroq ma’noga ega va ular umuman, Oq uy xohlaganidek qabul qilinmayapti. Sodir bo‘layotgan hodisalarga AQSh o‘z xohishi va maqsadidagidek ta’sir qila olmayotgani tobora fosh bo‘lmoqda.

AQSh o‘z davlat kotibining so‘zlariga istagancha chuqur ma’no berishi mumkin - xususan, Erdo‘g‘an uchun achchiq saboq yoki Rossiya uchun qattiq ogohlantirish. Ammo AQSh tomonidan Yaqin Sharqdagi mavqening yo‘qotilishi Mayk Pompeo bayonotini shunchaki kechiktirilgan, hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydigan, demakki o‘z pozitsiyasini yo‘qotayotgan yirik davlatning quruq so‘zlariga aylantirmoqda va u endilikda na xatti-harakati va na so‘zi bilan yaqin-yaqinlargacha o‘z hayotiy manfaatlari doirasiga kirgan jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega emas.