TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 18-mart kuni 177 nafar O‘zbekiston fuqarolari Misrdan olib chiqildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va Transport va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda Misrda bo‘lgan 177 nafar fuqarolarni keltirish uchun “Sharm ash-Shayx-Navoiy” charter reysini tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xorijda qolib ketgan fuqarolariga charter reyslar bilan qaytishida ko‘maklashi xabar qilingan edi.
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi Shtabining aloqa ma’lumotlari:
- Elchi Oybek Usmonov, +20233364516;
- Sherzod Yoqubov, 2-kotib, +20233364516, +201024532719;
- Durbek Xolbekov, 2-kotib, +20233364516, 201063085419;
Elektron pochta: shtabegypt@gmail.com;
Telegram: @shtabegypt,raqam: +201024532719.