TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Koronavirus “CoVıD-2019” infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish jarayonida, Turkiyadagi o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytarilmoqda.
Ayni damda Turkiyadan evakuatsiya qilish uchun aholi ro‘yxatini tuzish harakatlari boshlangan.
Turkiyadagi fuqarolar O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan “Istanbul-Toshkent” charter aviya yo‘nalishi orqali vatanga qaytariladi.
Qaytish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘z fuqarolik pasporti, aviabileti nusxasi hamda Turkiyadagi yashash joylari bo‘yicha ma’lumotlarni +90537 668 49 60 raqamiga yoki Telegram va WhatsApp ijtimoiy tarmog‘i orqali yuborishlari so‘ralmoqda.