Rossiya Buyuk Britaniya, AQSh va BAAga parvozlarni cheklamoqda

Ushbu qaror ko‘rsatilgan davlatlardan rossiyaliklarni olib chiqishga qaratilgan charter reyslarga joriy etilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bosh vazir Mixail Mishustin Buyuk Britaniya, AQSh va BAAga parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etishni buyurdi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berilgan.

Koronavirus, Navro‘z, savdo-sotiq: Mirziyoyev va Berdimuhamedov nima haqida suhbatlashdi

Koronavirus tarqalishi munosabati bilan kiritilayotgan cheklovlar 20-mart kuni yarim tundan boshlab Rossiya hududidan va Rossiyaga bo‘ladigan fuqarolar tashuviga joriy etiladi. Moskvaning Sheremetyevo aeroportidan London, Nyu-York, Abu-Dabi shaharlariga amalga oshiriladigan muntazam parvozlar bundan mustasnodir.

Bundan tashqari, ushbu qaror ko‘rsatilgan davlatlardan rossiyaliklarni olib chiqishga qaratilgan charter reyslarga ham joriy etilmaydi.

Transport vazirligi hukumatga 20-mart sanasiga qadar natijalar to‘g‘risida hisobot taqdim etishi lozim. Rosaviatsiyaga bir sutka davomida aviakompaniyalar va boshqa manfaatdor tomonlarni cheklovlar haqida xabardor etish topshirig‘i berilgan.

Sal oldin Rossiya Xitoy, Eron, Janubiy Koreya, YeI mamlakatlari, shu jumladan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, shuningdek, Norvegiya va Shveysariya, bilan parvozlarni to‘xtatgan edi.

AQSh prezidenti koronavirus epidemiyasida Xitoyni aybladi

Tegishli cheklovlar boshqa davlatlar tomonidan ham kiritilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasini pandemiya deb e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 200 mingga yaqin inson koronavirus bilan bemorlangan, ularning 80 mingga yaqini shifo topgan, 7 mingdan ziyodi vafot etgan. Koronavirus 155 ta davlatga kirib borgan.

O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.