“O‘zbekkino” qator xalqaro loyihalarini to‘xtatdi

Xalqaro hamkorlar vaziyatni tushungan holda O‘zbekistonda koronavirus xavfining bartaraf etilishini kutishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Epidemiyaning tarqalishi va uning oldini olish maqsadida “O‘zbekkino” milliy agentligi bir qancha xalqaro kinoloyihalar, o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar hamda suratga olish guruhlarining xorijiy safarlarini to‘xtatdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qildi. 

Turkiyada Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olinmoqda

Hamkorlikda suratga olinishi ko‘zda tutilgan xalqaro filmlar qatorida, shuningdek, joriy yilning 27-29 mart kunlarida mamlakatda o‘tkazilishi mo‘ljallangan “Yapon kinosi kunlari”, aprelda  “Nemis kinosi kunlari” doirasidagi “Shlingel” festivali hamda “Tatar kinosi kunlari”  ham vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda suratga olinishi mo‘ljallangan kinoloyihalarning umumiy qiymati taxminan 25 mln dollarni tashkil etadi.

Ayni paytda barcha hamkorliklar vaziyatni tushungan holda, koronavirus xavfining bartaraf etilishini kutmoqda.