Koronavirusni boshdan kechirgan erkak qanday qilib kasallanmaslik haqida so‘zlab berdi

Rossiyada birinchilardan bo‘lib koronavirusni boshdan kechirgan xitoylikning rafiqasi turmush o‘rtog‘ining bir necha tavsiyalarini sanab o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiyada birinchilardan bo‘lib koronavirusni boshdan kechirgan erkak Van Yunbinning rafiqasi Baykalorti o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ularning hozirgi hayoti haqida so‘zlab berdi. Uning ma’lum qilishicha, ular sog‘liqlariga alohida e’tibor qaratishmoqda va odam gavjum joylarga bormaslikka harakat qilishmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng asosiysi barcha profilaktika choralariga rioya qilish hamda vahimaga berilmaslik. Qolaversa, agar kasallik alomatlari aniqlansa, yaqinlar va do‘stlarning ruhiy ko‘magi juda zarur.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

“Agar ijobiy kayfiyat bo‘lsa, bu sog‘ayib ketish garovi bo‘ladi”, - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashgan ayol.

Shuningdek, u erining bir necha tavsiyalarini qo‘shimcha qilgan: eng asosiysi yaxshi dam olish va ijobiy kayfiyatni saqlash. Koronavirusni boshdan kechirgan erkak odam gavjum joylarda niqob taqishni, xonani esa tez-tez shamollatib turishni maslahat bergan.

Xitoy fuqarosi Van Yunbin Rossiyada birinchilardan bo‘lib koronavirusni boshdan kechirganlardan. Unga 12-fevral kuni javob berilgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusni avj olishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus dunyoning 150 dan ziyod davlatida, jumladan, O‘zbekistonda aniqlangan. Uni yuqtirib olgandan soni 200 mingdan oshib ketdi. 80 mingdan ziyod kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘ldi.