Xitoy koronavirusga qarshi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi

Xitoy hukumati yangi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi. Tadqiqot yanvar oxirida boshlangan.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Xitoy hukumati yangi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirusni Uxanga amerika harbiylari olib kelgan bo‘lishi mumkin - Xitoy TIV

Klinik sinovlarni boshlashga ruxsat akademik Chen Vey boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan olingan.

Vey jamoasi 26-yanvar kuni yangi koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan - Uxan shahriga etib borgach, darhol vaksinaning farmatsevtika va toksikologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarni boshladi.

"Ommaviy ishlab chiqarishdan oldin, xalqaro qoidalar va XXR qoidalariga muvofiq vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini aniqlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi", deb ta’kidladi akademik.