"Vertolotdan dori sepish" kabi yolg‘on xabarlar tarqatganlar jarimaga tortiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan vertolotlar dezinfeksiyasi hamda jamoat joylarida aniqlangan bolalar ota-onalarining jarimaga tortilishi bilan bog‘liq xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda hududning vertolotlarda dezinfeksiya qilinishi, jamoat joylarida aniqlangan bolalarning ota-onalari jarimaga tortilishi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqatganlar jarimaga tortiladi, deb xabar qilmoqda koronavirus epidemiyasi haqida xabar beruvchi maxsus axborot xizmati. 

Jirinovskiy koronavirus haqidagi yolg‘on xabar uchun o‘lim jazosini joriy etishni taklif qildi

Ma’lum bo‘lishicha, takror ogohlantirishlarga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda haqiqatga zid bo‘lgan 3 ta yolg‘on va asossiz ma’lumotlar tarqatilgan: 

Biri «Bugun 23:00 va tonggi 5:00 gacha vertolotlar dezinfeksiya uchun dori sepishi, deraza va balkonlar yopiq bo‘lishi lozimligi, 23:00dan so‘ng ko‘chalarda yurish mumkin emasligi haqida harbiy qismdan xabar berilgan”i bo‘lsa, ikkinchisi «Do‘konlarda, avtobuslar va ko‘chalarda bolalar  aniqlansa, ularning ota-onalari jarimaga tortilishi” bilan bog‘liq xabardir.

Shuningdek, «Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida maktablarda reydlar o‘tkazilishi, qo‘shimcha darslar yoki to‘garaklarda ishtirok etayotgan o‘quvchilar aniqlanganda maktablarning jarimaga tortilishi” – haqidagi xabar ham  asossiz bo‘lib chiqdi. 

Ushbu haqiqatga zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatgan shaxslar 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 minggacha jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilishlari bilan takror ogohlantirilmoqda.