O‘zbekistonda barcha kuch va vositalar koronavirusga qarshi jalb qilingan 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi o‘zbekistonliklarga vahima qilmasdan, koronavirus infeksiyasidan saqlanishga to‘liq rioya qilishlarini so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishi va uning oldini olishga qaratilgan barcha kuch va vositalar jalb qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Koronavirusni davolashda xavf tug‘diradigan dorilar qaysiligi aytildi

Ta’kidlanishicha, ayni damda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi vaziyat to‘liq nazoratga olingan. "Vatandoshlarimizdan xotirjamlik saqlab, vahima qilmasdan koronavirus infeksiyasidan saqlanish bo‘yicha berib borilayotgan tavsiyalarga to‘liq rioya qilishlarini so‘rab qolamiz. Ishonchimiz komilki, ushbu sinovli damlar butun o‘zbek xalqini yanada birlashtirishga xizmat qiladi" – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda yana ikki bola va bir kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganligi haqida xabar bergan edik.