TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Yuzlab Tojikiston fuqarolari koronavirus atrofidagi vaziyat tufayli chegaralarni vaqtincha yopgan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidagi neytral zonada qolib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Bu haqda Tojikiston TIV axborot departamentidan olingan ma’lumot asosida RIA Novosti xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, tojikistonlik fuqarolar, shu jumladan ayollar va bolalar ham Rossiyadan vataniga qaytayotgan bo‘lgan.
"Koronavirus epidemiyasi tufayli Qozog‘iston va Tojikistonda bu davlatlarga borish cheklovlari qo‘yilgan edi. Shu bois, Rossiyadan qaytayotgan ba’zi fuqarolarimizda shu ma’noda muammolar vujudga keldi, ular oraliqdagi neytral hududda qolib ketdilar", - dedi agentlikka suhbatdosh.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Tojikiston TIV O‘zbekiston va Qozog‘istondagi tegishli idoralar bilan ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.
Neytral hududda qolib ketgan fuqarolarning aniq soni ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni BSST koronavirus epidemiyasini pandemiya deb e’lon qilgan edi. Markaziy Osiyo respublikalarida koronavirus infeksiyasi faqat O‘zbekiston va Qozog‘istonda aniqlandi.