Toshkent mitropoliti dindorlarga murojaat qildi

Mitropolit koronavirus epidemiyasi qurboni bo‘lganlarning barchasiga hamdardlik bildirdi hamda prezident va hukumatning infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy dindorlarga murojaat qildi. U koronavirus epidemiyasi qurboni bo‘lganlarning barchasiga hamdardlik bildirdi hamda prezident va hukumatning infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi ko‘payishini taxmin qilmoqda

"Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va hukumat mamlakatimizda odamlar bexatar yashashi uchun infeksiyaning tarqalishining oldini olishga barcha choralarni ko‘rmoqda. Buning uchun ularga minnatdormiz va o‘zimizi foydamiz uchun barcha tavsiyalarga quloq solishimiz va amalga oshirishimiz kerak. Ayniqsa, ommaviy yig‘ilishlar va gavjum tadbirlarni cheklash kabi muhim murojaatga amal qilishimiz darkor. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz kerak. Ammo eng muhimi - xotirjam bo‘lish va vahima qo‘zg‘ashning oldini olish. Biz butun O‘zbekiston xalqi uchun duo qilamiz”, - dedi o‘z nutqida mitropolit Vikentiy.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi.