Muzlatgichda mahsulotlarni qanday saqlash kerak? – germaniyalik ekspert tavsiyasi

Germaniyalik mutaxassislar muzlatgichdan qanday to‘g‘ri foydalanish, mahsulotlarni qanday saqlash kerakligini aytishdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ovqat pishirish va uy ro‘zg‘or ishlari bo‘yicha mutaxassislar Die Welt nashriga oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichda qanday to‘g‘ri saqlash kerakligini aytishdi.

Shifokorlar virusdan himoyalovchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tuzdi

Tez buzilmaydigan mahsulotlar, masalan tuxum, sariyog‘, sharbatlar, sut yoki souslar muzlatgich eshigida saqlanishi mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, pishloq, yogurt, qatiq va uzoq saqlanishi mumkin bo‘lgan boshqa mahsulotlar tepada joylashtiriladi, tez buziladigan mahsulotlar esa - baliq, go‘sht, parranda go‘shti yoki dengiz mahsulotlari – muzlatgichning past qismiga qo‘yilishi kerak. Agar muzlatgichda “nol” deb ataladigan kamera mavjud bo‘lsa (muzlash nuqtasiga yaqin harorat bo‘lsa), unda bu mahsulotlar uchun juda mos joy bo‘ladi.

Shu bilan birga, mutaxassislar sitrus mevalari, mango, banan va ananas, shuningdek kartoshkani muzlatgichda saqlashni tavsiya etmaydi.

Mutaxassislar mahsulotni saqlash uchun shisha va chinni buyumlarda foydalanini tavsiya qilishdi, chunki ular zararli moddalar chiqarmaydi.

Ekspertlar muzlatgichni oyda kamida bir marta yuvish kerakligi alohida ta’kidlashdi. Bunda barcha mahsulotlar olib tashlanishi, ayniga narsalarni axlatga tashlash, muzlatgich ichki qismini yumshoq nam mato bilan artib chiqish zarur.