Jangarilar Idlibdagi patrulga qarshi mahalliy aholidan iborat "jonli devor" bilan chiqdi

Yakshanba kuni Suriyadagi M4 trassasining ziddiyat kuchaygan bo‘lagida ilk marta Rossiya-Turkiya qo‘shma patruli amalga oshirildi
Sputnik

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Rossiya-Turkiya hamkorligida Idlibda amalga oshirilgan birinchi patrul marshruti bosqinchilik uyushmalari tomonidan uyushtirilgan fitnalar tufayli qisqartirildi.

Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

Ma’lum qilinishicha, jangarilar mahalliy aholidan "jonli devor" sifatida foydalangan.

Yakshanba kuni Suriyadagi M4 trassasining ziddiyat kuchaygan bo‘lagida ilk marta Rossiya-Turkiya qo‘shma patruli amalga oshirildi.

"Hamkorlikdagi patrul marshruti Turkiya nazorati ostida bo‘lmagan bosqinchilik uyushmalari tomonidan rejalashtirilgan fitnalar tufayli qisqartirildi. O‘z fitnalarini amalga oshirish maqsadida terrorchilar tinch aholi, shu jumladan ayollar va bolalardan "jonli devor" sifatida foydalanishga harakat qilishgan", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tinch aholi jabrlanishi mumkin bo‘lgan hodisalarni oldini olish maqsadida Rossiya-Turkiya qo‘shma koordinatsiya markazi tomonidan hamkorlikdagi patrul marshruti davomiyligini qisqartirish qarori qabul qilingan.