Uchtepada farzandini ayovsiz kaltaklagan ona aniqlandi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda o‘z farzandini kaltaklayotgan ayolning videotasviri tarqaldi. Bu, shubhasiz, jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘z farzandini kaltaklayotgan ayol videotasviri yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha poytaxning Uchtepa tuman idoralararo komissiyasi dastlabki surishtiruv ishlarini olib bordi.

Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat tumandagi Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida joylashgan “Al-Hilol” restorani oldida sodir bo‘lgan. Kaltaklangan qizaloqning salomatligi qoniqarligi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, fuqaro R.F. farzandi R.K.ni kaltaklagani uchun afsusda ekanligini bildirgan. Shuningdek, bu holat takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirish xatini yozib bergan.

Uchtepada farzandini ayovsiz kaltaklagan ona aniqlandi

Hozirda barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman huquqni muhofaza etuvchi organlarga huquqiy baho berilishi va qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.