Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratayotgan nemis olimlarini og‘dirishga urinmoqda

Nashrning yozishicha, ushbu holat Qo‘shma Shtatlar va Germaniya o‘rtasida "bilvosita, biroq sezilarli" tortishuvga olib kelgan. Chunki Germaniya hukumati CureVac vaksina ustida ishni GFRda davom ettirishini xohlamoqda
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ish olib borayotgan nemis olimlarini o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda, deb xabar qildi Welt am Sonntag nashri GFR hukumatidagi o‘z manbasiga tayangan holda.

Qozog‘istonda koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etildi

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, gap Germaniyaning ko‘hna Tubingen shahrida joylashgan CureVac firmasi olimlari haqida bormoqda.

Tramp, go‘yoki ularni og‘dirish yoki vaksinani faqat AQSh uchun eksklyuziv qo‘lga kiritish maqsadida, olimlarga juda katta miqdorda pul taklif qilgan. "Faqat AQSh uchun", - deya aniqlik kiritadi nashrga nemis hukumatidagi manba.

Nashrning yozishicha, ushbu holat Qo‘shma Shtatlar va Germaniya o‘rtasida "bilvosita, biroq sezilarli" bahsni vujudga keltirgan. Chunki Germaniya hukumati CureVac firmasi vaksina ustida ishni GFRda davom ettirishini xohlamoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu firma vaksina ustida ishlarni Paul Erlix nomidagi federal institut bilan hamkorlikda olib bormoqda.

"Federal hukumat yangi koronavirusga qarshi vaksinalar va dorilar Germaniyada va Yevropada ishlab chiqilishidan manfaatdor. Shu munosabat bilan, hukumat, CureVac firmasi bilan muntazam aloqalarda bo‘lib turibdi", - deb ta’kidladi GFR sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirda dunyoning 135 mamlakatida 142 mingdan ziyod kishilar virusdan bemorlangan, ularning aksariyati shifo topgan, 5,3 mingdan ziyodi vafot etgan.