Koronavirus tufayli O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar

O‘zbekistondagi barcha hududlar koronavirusni tekshirish uchun asbob-uskunalar, test vositalari hamda himoya vositalari bilan ta’minlangan, vaziyat to‘liq nazoratda, deb ishontirmoqda Hukumat
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Bugun, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.

Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratayotgan nemis olimlarini og‘dirishga urinmoqda

Yig‘ilish vaqtida bosh vazir koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli O‘zbekistonda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risida gapirdi.

O‘zbekistonliklarni karantin vaqtida nima kutmoqda?

1. 16-martdan e’tiboran O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi.

2. Barcha OTMlar, maktablar va bolalar bog‘chalarida uch haftalik karantin e’lon qilindi. Talabalar uchun ichki temir yo‘l reystlariga 50%lik chegirma e’lon qilindi.

3. Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navro‘z tadbirlari bekor qilindi.

4. Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi.

5. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa tadbirlar o‘tkazish vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Koronavirusdan bo‘shab qolgan tumanda yuzlab maymunlar o‘rtasida jang yuz berdi - video

Hukumat barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha murojaat qiladi.

6. 16 martdan e’tiboran tibbiyot niqoblarini xorijga eksport qilish to‘xtatiladi. Mamlakatimizda himoya qiluvchi kombinezonlar ishlab chiqarish hajmi oshadi.

7. Karantin vaqtida yolg‘on va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

8. Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘radi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g‘amlangan.

9. O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi O‘zbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

10. Koronavirus bo‘yicha barcha savollarga 1003 raqami orqali javob olish mumkin.

! Koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlari doirasida shahar bozorlari yopilmaydi. Ularning ish tartibi o‘zgarishsiz qoldiriladi.