"Aeroflot" O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatmoqda

"Aeroflot" aviakompaniyasi koronavirus tufayli Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslarni bekor qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. "Aeroflot" aviakompaniyasi 15-martdan boshlab aprel oyi oxiriga qadar Yevropaning yana 16ta shahriga hamda Markaziy Osiyoga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatmoqda.

Rasman: 16-martdan O‘zbekistonning chet el bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi

Aksariyat yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlar aprel oyi oxiriga qadar saqlanib qoladi.

Xususan, bu Praga, Frankfurt, Munxen, Saloniki, Barselona, Surix, Kopengagen, Oslo, Kishinev, Vilnyus, Varshava, Tallin, Vena, Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslardir.

Shu bilan bir vaqtning o‘zida "Aeroflot" Praga, Munxen, Surix, Kopegagen, Oslo, Kishinev, Vilnyus, Varshava, Tallin va Venadan reyslarni amalga oshirishda davom etadi.