"Tanqislik bo‘lmaydi": O‘zbekiston dehqon bozorlarida oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Xusasan, ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida 15-martdan "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi. Bu haqda "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Koronavirusdan bo‘shab qolgan tumanda yuzlab maymunlar o‘rtasida jang yuz berdi - video

"... Yurtimiz dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 15-25 mart kunlari yarmarkalar tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.

Xusasan, Toshkent shahridagi iste’mol bozorlarida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi.

Qo‘yliq (Bektemir tumani), Sirg‘ali (Sirg‘ali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navro‘z (Mirzo Ulug‘bek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshog‘och bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farxod (Uchtepa tumani), Eski jo‘va (Shayxontoxur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani), Oloy (Yunusobod tumani) bozorlaridagi ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.