Putin Konstitutsiyaga tuzatishlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Agar ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlasa, yangilangan Konstitutsiya ovoz berish jarayoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Sputnik

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Prezident Vladimir Putin Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Chinakam oila – bu ota va ona: o‘zbekistonliklar Putin pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Bosh qonundagi o‘zgarishlar prezident, hukumat a’zolari va turli darajadagi davlat mansabdorlariga nisbatan ilgari surilayotgan yangi talablarga bag‘ishlanib, davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlaydi, parlament vakolatlari doirasini o‘zgartiradi, federal hududlarning begonalashini taqiqlaydi, rus tili maqomini belgilaydi.

Ushbu haftada Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarni Davlat dumasi va Federatsiya kengashi, shuningdek, Rossiyaning 85ta regioni parlamentlari ma’qulladi.

Tereshkova prezidentlik muddatini boshidan hisoblashni taklif etdi >>>

Endilikda prezident tuzatishlaryi Konstitutsiyaviy sudga yo‘naltirishi kerak bo‘ladi. Konstitutsiyaviy sud, o‘z navbatida, qonun Konstitutsiyaga mos kelishini 7 kun ichida hal etishi lozim bo‘ladi. Agar mos kelmasa, jarayon to‘xtatiladi, agar tuzatishlar Konstitutsiyaga javob bersa, davlat rahbari kiritilgan o‘zgartishlar matni bo‘yicha umumrossiya referendumi kunini belgilaydi.

Bunda, layoqatsiz va mahkumlardan tashqari, 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha rossiyaliklar ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Ovoz berish 22-aprel kuniga rejalashtirilgan, ushbu kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda.

So‘ngra MSK 5 kun davomida natijalarni hisoblab chiqadi va yana uch kundan so‘ng e’lon qiladi. Agar ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlasa, yangilangan Konstitutsiya ovoz berish natijalari e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.