Rossiya Yevropa davlatlari bilan aviaqatnovlarni cheklamoqda

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 13-mart holatiga ko‘ra jahonning 123ta mamlakatida 132 mingdan ziyod koronavirusga chalinganlik holatlari qayd etilgan. O‘limlar soni 5 mingdan oshib ketgan
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Moskva koronavirus tufayli 16-martdan boshlab Yevropa Ittifoqi davlatlari, Norvegiya va Shveysariya bilan aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklovlarni joriy etadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Tataristonda imomlarga koronavirus tufayli namozni qisqartirish tavsiya qilindi

Bu haqda infeksiyaning tarqalishini oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtab ma’lum qildi, deb yozadi nashr.

Shu bilan birga, YeI mamlakatlari poytaxtlariga muntazam reyslar, rossiyaliklarni va boshqa davlatlar fuqarolarini vataniga qaytarish uchun mo‘ljallangan charter reyslar bekor qilinmaydi.

Ushbu reyslar parvozni Sheremetyevo aeroportining F terminali orqali amalga oshiradi.

Sal oldin, juma kuni, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Yevropa yangi koronavirus pandemiyasi markaziga aylangani haqida bayonot qilgan edi.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 13-mart holatiga ko‘ra jahonning 123ta mamlakatida 132 mingdan ziyod koronavirusga chalinganlik holatlari qayd etilgan. O‘limlar soni 5 mingdan oshib ketgan.

Yevropada koronavirus tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Italiya egalladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Appeninlarda 17,6 mingdan ziyod Covid-19 bilan bemorlanish holatlari qayd etilgan, 1439 nafar bemor tuzalgan, qurbonlar soni 1266 nafarga yetgan.