JSST dunyoda koronavirus pandemiyasini e’lon qildi

COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq hozirgi holatni pandemiya deb atash mumkin degan xulosaga keldik, - dedi JSST bosh direktori.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda yangi koronavirus COVID-19 pandemiyasini e’lon qildi. Bu haqida tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus e’lon qildi. 

AQSh koronavirus tufayli Yevropaliklar kirishiga ta’qiq  qo‘ydi

"Hozirgi kunda dunyoda kasallanganlar 114 mamlakatda 118 ming kishidan oshdi. 4291 kishi vafot etgan. Kasalxona honalarida minglab odamlar o‘z hayotlari uchun kurashmoqda. Kelgusi kunlar va haftalarda biz kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichini, shuningdek, ta’sirlangan mamlakatlar sonini yanada oshishini kutmoqdamiz.

JSST kunu tun vaziyatni baholamoqda. Bizni virusning tez tarqalishi va uning ta’sirining jiddiyligi, shuningdek, bezovtaga sabab bo‘lguvchi harakatsizlik darajasi juda tashvishlantiradi. Shu munosabat bilan, biz  COVID-19 - koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq hozirgi holatni - pandemiya deb atash mumkin degan xulosaga keldik, - dedi JSST direktori Tedros Adxan Gebreyesus.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus.

Pandemiya - butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik tarqalishidir (epidemiya). Insoniyat tarixida eng so‘nggi pandemiya 1918 -1920 yillarda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda dunyo bo‘ylab 50 million kishi qurbon bo‘lgan.

O‘rta asrlarda Yevropada qora o‘lat (bubonnaya chuma) epidemiyasi 25-30 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu Yevropa aholisining deyarli yarmi bo‘lgan.