Rog‘un GES yaqinida zilzila yuz berdi

Tojikiston Rog‘un GES yaqinida zilzila yuz berdi - Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Tojikistonda 12-martga o‘tar kechasi zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Dushanbedan 82 km uzoqlikda joylashgan, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Emomali Rahmon Rog‘un GESning ikkinchi agregatini ishga tushirdi

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasida ma’lum qilinishicha, zilzila kuchi Rog‘un yaqinida, 11-martdan 12-martga o‘tar kecha, mahalliy vaqt bilan soat 22:11da sezildi.

Seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Rog‘undan 8 kilometr yaqinida zilzila yuz bergan. Zilzila epimarkazida 3 ball va Rog‘un shahrida 2-3 ball bo‘lgan.

Talofat yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.