TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Sovet Ittifoqida ulg‘aygan ko‘pchilik odamlar boy bo‘lishni axloqsiz deb hisoblashadi. Bundan tashqari, katta daromadga ega bo‘lgan har bir kishi dushman degan fikr ommaviy ongda mustahkamlandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaziyatni o‘zgartirish uchun bolalardan boshlash kerak, shunda ular o‘sib ulg‘ayadi, ishtiyoq bilan o‘qiydi va yaxshi hayot uchun, o‘zlari va oilalari uchun ishlaydi.
Baliqni emas, qarmoqni bering
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida birinchi marta 2020-yil 24-yanvarda e’lon qilgan parlamentga yo‘llagan murojaatida qambag‘allikni kamaytirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aholining 12-15% yoki 4-5 million kishi kambag‘al. Ushbu fuqarolarning kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmaydi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari Bahodir Umurzoqov, 11-mart kuni Xalqaro Press-klub yig‘ilishida, daromadlari to‘liq hayot uchun yetarli bo‘lmagan odamlarning ko‘pi motivatsiyaga ega emas.
"Buyuk Ipak yo‘lida yashagan bizning ota-bobolarimiz doimo savdo-sotiq bilan shug‘ullanishgan. Bunda butun jarayon ishonchga asoslangan bo‘lgan. Hozir biznesda bunday ishonch yo‘q. Ko‘pchilikda motivatsiya yo‘qligi, loqaydlik va dangasalik jamiyatning hozirgi holatining asosiy sabablari", - dedi Umurzoqov.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish jarayoni faol davom etmoqda, o‘z biznesini rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘p. Bo‘lajak ishbilarmonlarga loyihalarni ishlab chiqishda yordam berilmoqda, kredit berilmoqda, ular uchun oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari ochilgan. Ayollar va yoshlarga, shu jumladan litsey va kollej bitiruvchilariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Biroq, Bahodir Umurzoqov ta’kidlashicha, hamma ham biznes qila olmaydi, shuning uchun ommaviy tarzda kredit berilishi vaziyatdan chiqishga imkon bermaydi.
"Avvalo, aholini kasblarga o‘rgatish kerak", - dedi vazir o‘rinbosari.
Ta’lim davo sifatida
O‘zbekistonda 2020-yil - fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. Mirziyoyevning parlamentga yo‘llagan murojaatidan keyin ishlab chiqilgan 2020-yilgi davlat dasturiga aholining bilim darajasini oshirish, fuqarolarning kasbiy mahoratini oshirish va ularning motivatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan yo‘nalishlar kiritilgan.
Mehnat vazirligi va yaqinda tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi o‘rtasida 50 ga yaqin dasturni amalga oshirish belgilangan bitim tuzilgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlaridan mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan.
"Avvalo, biz mo‘xtoj ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turar joy, ovqatlanish bilan ta’minlangan holda kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha bepul kurslarga taklif qilamiz. Agar o‘tgan yili 35 mingga yaqin odam shu kabi kurslarda o‘qigan bo‘lsa, 2020-yilda biz 50 mingdan ortiq odamni qamrab olishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Bahodir Umurzoqov.
Agar yerga suv bersangiz, yer sizni boqadi
Klub yig‘ilishi ishtirokchilari muhokama qilgan yana bir muammo bu yerlardan samarasiz foydalanish, ularga, misol uchun, u yerda mevali daraxtlar ekish mumkin. Suv ta’minoti muammosi bo‘lmagan uy-oldi yer uchastkasi qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin.
Bu yil qishloq xo‘jaligi ekinlarni ekish yangi tizim bo‘yicha tashkil etiladi. Prezidentning Xalq qabulxonalari rahbarlari mahalla raislari bilan birgalikda uyma-uy yurib, fuqarolarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda yordam berishga harakat qiladilar. Kam ta’minlangan oilalarga sabzavot urug‘lari, mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlari yetkazib berish uchun mahalliy budjetlarning zaxira fondidan mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.
Shaxsiy uchastkasi bo‘lgan ishsiz o‘zbekistonliklar issiqxonalar tashkil etish, urug‘lar va ko‘chatlar sotib olish uchun ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Davlat fondidan subsidiyalar olishlari mumkin bo‘ladi.