BMTning Xalqaro vaksinalar instituti direktori o‘rinbosari Mixail Favorov Toshkentga keldi. U O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan birgalikda matbuot anjumani o‘tkazdi.
Mutaxassis oddiy tilda nima sababdan Markaziy Osiyo hududida birorta ham koronavirus holati aniqlanmaganini tushuntirib berdi.
“Biz o‘zbekistonlik hamkasablarimiz bilan g‘alati bir holatni payqadik - “Mo‘g‘ul uchburchagi”ga kiruvchi mamlakatlarda birorta ham koronavirus holati aniqlanmagan. Biz buning sabablari haqida uzoq o‘yladik: bunga balkim quruq havo va iqlim sababchidir, yoki isiriq. Axir Markaziy osiyoda ushbu o‘tdan uzoq yillar davomida havoni zarasizlantirish vositasi sifatida foydalanishgan. Hozircha sababi aniqlanmagan bo‘lsada, lekin bu fakt faktligicha qolmoqda – MO mamlakatlari va Turkiyada birorta ham COVID-19 holati aniqlanmagan. ", — dedi Favorov.
Xalqaro vaksinalar instituti mutaxassisi, shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Shifokor Toshkentda mavjud bo‘lgan maxsus izolyatsion bokslar va sun’iy nafas olish uskunalari epidemiya vaziyatida yetmay qolishi mumkinligini ham alohida aytib o‘tdi.