"Lyubaya biznes xorosha": firibgarlar koronavirusga qarshi tumorlarni sotuvga chiqardi

Polshada insonlarning boshiga tushgan kulfatdan, virus bilan bog‘liq keraksiz vahimadan daromad olish uchun foydalanayotgan jinoyatchilar paydo bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Polshada koronavirusga qarshi mo‘’jizakor sut va tumorlarni pullashga kirishgan firibgarlar paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Polsha politsiyasi bosh komendanti Mariush Sarka.

Koronavirus Turkiyaga ham yetib keldi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada 25ta koronavirus bilan kasallanganlik holatlari qayd etilgan.

"Uyma-uy yurib, turli xildagi dorilar, mo‘’jizakor sut va shifobaxsh tumorlarni taklif etayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi", - degan Sarka Polsha televideniyesi orqali qilgan chiqishida.

"Afsuski, insonlarning boshiga tushgan kulfatdan, virus bilan bog‘liq keraksiz vahimadan o‘zini foydasiga ishlatadigan jinoyatchilar ham bor", - deb davom etgan u.

Polsha politsiyasi vakili bu kabi faktlar haqida zudlik bilan politsiyaga xabar berishlarini so‘ragan. "Bunday shaxslarni uyingizga kiritmang, mo‘’jizaga ishonmang, deya yana bir marta eslatib o‘tmoqchiman. Agar shunday holatlar bo‘lgan bo‘lsa, agar kimda-kim sizga mo‘’jizakor sut yoki allaqanday tumorlarni taklif etgan bo‘lsa, bu haqda zudlik bilan politsiyaga ma’lum qiling", - degan u.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Xitoyda koronavirus bilan bemorlangan insonlar soni 81 ming nafarga yaqinlashdi, 3158 kishi vafot etdi, 61 mingdan ortiq inson tuzaldi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, XXR tashqarisida bu virusdan 872 kishi vafot etgan.