Italiya Xitoydan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi

Italiyada ayni vaqtda koronavirusning yangi turi bilan bemorlanganlar soni 10,1 ming nafarni tashkil qilib turibdi, 1004 kishi tuzalgan, 631 nafari vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Italiya COVID-19 infeksiyasi tarqalishi tufayli tibbiy tovarlarning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda va Xitoydan bu borada yordam olishga umid qilmoqda, deb bayonot qildi Italiya TIV rahbari Luiji Di Mayo XXR TIV rahbari Van I bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida.

Shifokorlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqlashdi

"Italiyadagi epidemiologik vaziyat hozirda g‘oyatda og‘ir. Italiya Xitoyning epidemiyaga qarshi muvaffaqiyatli tajribasini sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Italiya tibbiy tovarlar va uskunalar tanqisligi tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda, va xitoy tomoni ushbu o‘ta keskin masalani hal etishda yordam berishiga umid qilmoqda", - Li Mayo so‘zlari XXR TIV saytida keltirilgan, deb yozadi RIA Novosti.

Italiya TIV rahbari shuningdek, mamlakatdagi xitoy emigrantlarining epidemiya tarqalishi oldini olishdagi faol rolini alohida e’tirof etib, italiya tomoni bundan keyin ham ularning xavfsizligi va sog‘lig‘i borasida qayg‘urishda bor kuchini ishga solishini qo‘shimcha qilgan.

Italiyada ayni vaqtda koronavirusning yangi turi bilan bemorlanganlar soni 10,1 ming nafarni tashkil qilib turibdi, 1004 kishi tuzalgan, 631 nafari vafot etgan. Butun dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 100 mingdan oshdi, ularning aksariyati tuzaldi, 4 mingga yaqini vafot etdi. Koronavirus epidemiyasi ilk marotaba Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. Yevropada eng jiddiy tarqalgan hudud Italiyadir, shuningdek, Fransiya va Germaniyada ham o‘ta murakkab vaziyat yuzaga kelgan.