Iqtisodchi neft narxining keskin pasayishidan keyin global bozorni nima kutayotgani haqida

Rossiyalik iqtisodchi Vasiliy Koltashov dushanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan neft narxining keskin pasayishiga izoh berar ekan, bu jahon va xususan, Rossiya uchun qanday oqibatlarga olib kelishini aytib o‘tdi.
Sputnik

OPEK+ ishtirokchilari juma kuni qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni uzaytira olmadilar, shu sababli neft narxlari quladi.

Amerikaning "neft mo‘’jizasini" bo‘g‘ib qo‘yadigan kuch kim?

Natijada, Brent markasidagi neft narxi 27 foizga tushdi, bir barrel uchun 32 dollardan pastroq narxga tushib ketdi, WTI narxi esa bir barrel uchun 30 dollardan pastroq narxga tushdi.

Neft narxlarining pasayishi fonida xalqaro valyuta bozorida Amerika va Yevropa valyutalarining kurslari ko‘tarildi.

Ta’kidlanishicha, neft narxining hozirgi pasayishi 1991-yildan keyin eng kuchli pasayish bo‘ldi.

Rossiyalik ekspert va Yangi jamiyat Instituti Siyosiy Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazining rahbari Vasiliy Koltashovning fikricha, jahon bozorida neft narxlarining pasayishi asosan xom-ashyolarni qayta ishlaydigan mamlakatlar boyib borayotgani haqida yana bir eslatma bo‘ldi.

U neft narxi pasayishda davom etishini ta’kidladi.

Koronavirus OPEKni izdan chiqardi: Rossiya va neft birlashma o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi

"Bizning mamlakatimiz (Rossiya. - Sputnik) juda katta resurslarga ega. Shuning uchun neftni qayta ishlamay, qayta ishlashdan bo‘ladigan daromadni boshqalarga topshirish gunohdir. Bu, shuningdek, neft narxlari barqaror emasligi, noaniqligi, oldindan aytib bo‘lmaydiganligida namoyon bo‘ladi, narxlar hali yanada pasayadi. So‘nggi yillarda ro‘y berayotgan voqealar bir xil mantiqda rivojlanmoqda. Unga ko‘ra narxlar bir barrel uchun 40 dollardan pastroqqa  tushishi mumkin", - deb hisoblaydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda egallanishi va ushlab qolinishi lozim bo‘lgan bozorlar ulushlari uchun jiddiy kurash boshlanmoqda.

Shu bilan birga, Rossiya hozircha ishlab chiqarishni to‘xtatmasligi kerak, chunki bozor imkon qadar "tubga tushgan" taqdirda, bu pasayishni to‘xtatish va yoki aksincha narxlarni oshirishga yordam beradi.

Ammo, bu ro‘y bergan taqdirda ham yozdan oldin bo‘lmaydi, deb hisoblaydi Koltashov.

"Bu muddatlar, ko‘proq xomqolip shaklidadir. Va xozircha iqtisodiy inqirozning yangi to‘lqini avj olayotgan bir pallada, garchi bu so‘z Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Federal rezerv tizimini sodir bo‘layotgan voqealarda ayblamaslik uchun ochiqchasiga ishlatilishi yo‘lga qo‘yilmagan. Va bu tuzilmalar javobgar bo‘lishi mumkin emasligi uchun, biz "virus!" deymiz. Qandaydir virus", - deb hazillashdi u.

Mutaxassisning to‘liq sharhini radio podkastda rus tilida tinglang.

Iqtisodchi neft narxining keskin pasayishidan keyin global bozorni nima kutayotgani haqida