AQSh Turkiyaga Suriyada qo‘shimcha yordam taqdim etishi mumkin

Ta’kidlanishicha, Turkiya NATO nizomining 4 moddasiga binoan ko‘mak so‘rab, NATO mamlakatlariga murojaat qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. AQSh Idlibdagi vaziyat bois NATO orqali Turkiyaga yordam qo‘lini cho‘zishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jeys Jefferi ma’lum qildi.

“Turkiya NATO nizomining 4 moddasiga binoan ko‘mak so‘rab, NATO mamlakatlariga murojaat qildi. Biz (AQSh) ham qaysi imkoniyatlar mavjudligi tushunish maqsadida NATO mamlakatlari bilan ishlamoqdamiz. Ispaniyaning Patriot batareyasi bor, yana bir batareya hozirda Turkiyada. 2012-yildan buyon NATOning turli kuchlari Turkiyada Suriya inqiroziga javoban joylashtirilgandi”, - deya vakil so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Erdog‘an Trampdan Idlibdagi vaziyat tufayli ko‘mak so‘radi

“Biz NATO nima qila olishini o‘rganyapmiz. Barcha variantlar stol ustida, ko‘ramiz, keyin nima bo‘ladi va bizning ittifoqdoshlarimiz nima taklif qilishadi va AQSh ularni qo‘llash uchun nima qila oladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Jefferi.

Bir necha kun oldin Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdog‘an muzokaralar o‘tkazishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat bo‘ldi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi va xavfsizlik yo‘lagini yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Idlibda vaziyat “Hayat Tahrir ash-Shom”* terrorchilari 27-fevralda Suriya hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumni boshlagandan keyin keskinlashdi. Asad armiyasi javob o‘ti ochdi. Shu qatorda bu yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turklar ham bombardimonga uchradi.

Natijada 36 nafar turk askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Shundan so‘ng Rossiya tomoni darhol Suriya kuchlari tomonidan o‘t otishni to‘liq to‘xtatish choralarini ko‘rdi va halok bo‘lganlar va yaradorlarni Turkiyaga xavfsiz evakuatsiya qilinishi ta’minlandi. Mudofaa vazirligi Rossiya aviatsiyasidan ushbu hududda foydalanilmaganligini ta’kidladi.