Dunyodagi eng ko‘p qurol eksport qiluvchi davlatlar nomlari e’lon qilindi

2015-2019 yillarda Yaqin Sharqqa qurol yetkazib berish 61% ga o‘sdi, mintaqaga dunyo qurol eksportining 35% to‘g‘ri keladi. Mintaqaning va butun dunyoning eng katta importchisi Saudiya Arabistonidir.
Sputnik

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqotlari Institutining (SIPRI) yillik hisobotiga ko‘ra, 2015-2019 yillarda dunyo bo‘ylab qurol savdosi oldingi besh yillik davrga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi, sezilarni o‘sish AQSh va Fransiyada qayd etildi.

Gipertovushli qurol, “Xanjar” va super raketa: ekspert "eng asosiy trendlar"ni aytdi

Qurol eksporti bo‘yicha yetakchi beshlikka AQSh, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy kirdi. So‘nggi besh yil ichida 2010-2014 yillar bilan taqqoslaganda AQShda (23%) va Fransiyada (72%) savdo hajmlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qurollarini eksport qilish hajmi ko‘rsatilgan davrda 18 %ga kamaydi.

"Hindistonga (Rossiyadan qurol sotib oluvchi asosiy mamlakat) yetkazib beriladigan Rossiya qurollari hajmining pasayishi  Rossiya qurollari eksporti hajmining keskin pasayishiga olib keldi. Misr va Iroqqa Rossiya qurollari eksportining o‘sishi 2015-2019 yillarda jami savdoning kamayishini qoplay olmadi", - deyiladi SIPRI qurol-aslaha va harbiy xarajatlar dasturining tadqiqotchisi Aleksandra Kuimova ma’ruzasida.

Ekspert Xitoy qurol sotishda Rossiyani ortda qoldirishi mumkinligiga shubha qildi.

Qozog‘istonda Rossiyadan qurol olib kelish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Institutning qurol eksporti bo‘yicha o‘tgan yilgi hisobotida 2014-2018 yillarda Rossiyaning harbiy sanoati kompleksi yetkazib berish hajmi 17 %ga kamaygani aytilgan edi. Shunda "Rostex" matbuot xizmati bu ma’lumotlar haqiqiy emasligi haqida bayonot berdi, chunki so‘nggi o‘n yil ichida harbiy-texnik hamkorlik sohasida savdo-sotiq o‘sib bormoqda.

Yangi hisobotga ko‘ra, Janubiy Koreya birinchi marta qurol-aslaha eksport qiluvchi o‘nta mamlakatlar qatoriga kiritildi, uning savdosi 2010-2014 yillar bilan taqqoslaganda 143 foizga o‘sgan. Isroil qurol eksporti 77 foizga o‘sdi va rekord darajaga yetdi.

2015-2019 yillarda Yaqin Sharqqa qurol yetkazib berish 61% ga o‘sdi, mintaqaga dunyo qurol eksportining 35% to‘g‘ri keladi. Mintaqaning va butun dunyoning eng katta importchisi Saudiya Arabistonidir. Undan tashqari, Hindiston, Misr, Avstraliya va Xitoy ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi beshlikka kirdi.

Turkiyaning qurol importi sezilarli darajada (48%) kamaydi. "(Buni - tahr.) ayrim qurol-aslaha tizimlari ta’minotining kechikishi, shuningdek, Amerika harbiy samolyotini sotib olish va Turkiyaning qurol-yarog‘ sanoatini rivojlantirish bo‘yicha AQSh bilan" yirik "kelishuvning bekor qilinishi bilan izohlash mumkin", - deyiladi SIPRI hisobotida.