Bahorgi telbalik: britaniyalik ayol o‘z onasini o‘ldirib, miyasini kesib oldi

Jinoyatni sodir etishda gumonlanib qatl etilgan ayolning qizi qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol ushbu vahshiylarcha qotillikni amalga oshirgach, onasining boshi solingan sumka bilan mehmonga borgan. Ayolning maqsadi boshni tanishlariga ko‘rsatish bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Buyuk Britaniyada 36 yashar ayol o‘zining 73 yoshli onasini boshini tanasidan judo qildi va ayol miyasini kesib oldi, deb xabar qilmoqda "Region-Online" portali xabariga tayangan holda RIA Novosti.

O‘zbekistonda jinnixonadan uch nafar bemor qochib ketdi

Ushbu fojia o‘tgan yilning aprel oyida Ashingtonda yuz bergan, deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya pensioner ayolning boshsiz tanasini aniqlaydi. Vannaxonadan esa miya solingan konteyner topiladi.

Jinoyatni sodir etishda gumonlanib qatl etilgan ayolning qizi qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol ushbu vahshiylarcha qotillikni amalga oshirgach, onasining boshi solingan sumka bilan mehmonga borgan. Ayolning maqsadi boshni tanishlariga ko‘rsatish bo‘lgan.

Ayol xolasi, tog‘asi, otasi va oila do‘stinikida mehmonda bo‘lgan va sumkani oxirgi borgan xonadonda yashirgan.

Politsiya taqdim etgan xabarlarga ko‘ra, qizning salomatligi holatini inobatga olib, unga jinoyatda ayblov e’lon qilinmagan.