Putin va Erdog‘an yakkama-yakka muzokarasi ikki soat davom etmoqda

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Tayyip Erdog‘an o‘rtasidagi muzokara ikki soat davom etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyyib Erdog‘an o‘rtasidagi muzokaralar ikki soat davom etmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Erdog‘an nufuzli delegatsiya bilan Moskvaga yetib keldi

Rossiya yetakchisi ta’kidlaganidek, prezidentlar yakka-yakka tartibda muloqotni boshlaydilar va kerak bo‘lganda turli idora vakillari jalb qilinadi.

Putin va Erdog‘an Idlibdagi vaziyatni yechish borasida kelishib olishga harakat qilishi kutilmoqda.

Rossiya rahbari Suriyadagi turk askarlarining halok bo‘lgani uchun hamdardlik bildirdi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat bevosita shaxsiy suhbatni talab qiladi.

O‘z navbatida Erdog‘an muzokaralar natijasida Idlibdagi vaziyat osonlashishiga ishonch bildirdi.

Ilgari Moskva va Anqarada Rossiya-Turkiya muzokaralarining uch marta ekspertlar darajasida o‘tkazilgan, ammo kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni "Xayat Taxrir ash-Sham" terrorchilar guruhi Suriya qo‘shinlariga yirik masshtabli hujum boshlagan edi. Suriya armiyasi bunga javoban jangarilar joylashgan hududlarni o‘qqa tutgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar bilan bir qatorda, turk harbiylari bu hududda bo‘lmasligi kerak edi. Voqeada 36 nafar turk askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq jarohatlandi.

Bunga javoban Anqara Suriyada yangi “Bahorgi qalqon” deb nom olgan harbiy amaliyotni boshlanishi haqida e’lon qildi.