TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Moskva huquq-tartibot idoralari bir necha oylar davomida jinsiy qullikda saqlanayotgan 18 yoshli o‘zbekistonlik ayolning arizasi bo‘yicha tekshiruvlarni o‘tkazmoqda. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Qizning aytishicha, 2019-yil boshida u dugonasining taklifiga binoan poytaxtga kelgan.
Jabrlanuvchi sotuvchi bo‘lib ishlashi rejalashtirilgan, ammo aslida hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. O‘zbek ayolining so‘zlariga ko‘ra, Moskvada uni qo‘pol ravishda fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlashgan.
Uni Lyublino tumanidagi kvartiraga olib kelishdi va bir necha oy davomida erkaklar bilan pul uchun vaqt o‘tkazishga majburlashgan.
Vaziyat qiz qochishga uringanidan keyin yomonlashdi. Uning qochishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, fohishaxona taxminiy tashkilotchilari uni topib qaytarib kelishdi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bir necha qiz uni doimiy ravishda kaltaklashgan va oilasini o‘ldirish bilan tahdid qilishgan. Bundan tashqari, endi u fohishalik bilan bepul shug‘ullanishi kerak edi.
O‘zbek ayoli ikkinchi marta qochishga urindi. U politsiyaga yetib borishga muvaffaq bo‘ldi va u yerda ariza yozdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishdi, 29 va 19 yoshli ikki nafar O‘zbekiston ayol fuqarosini shu joyda qo‘lga olishdi.
Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.